Institutning ichki tartib qoidalari: I.Umumiy qoidalar
I.Umumiy qoidalar
1.1. Institutning ichki tartib qoidalari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan qarorlari, farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-xuquqiy xujjatlariga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 14 iyunda 746-tartib raqam bilan ro’yxatga olingan «Korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining Namunaviy qoidalari»ga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Institutning ichki tartib qoidalari:
a) xodimlarga nisbatan: mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartirish va bekor qilishni, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni;
b) talabalar, magistrlar, katta ilmiy xodim izlanuvchilar, tinglovchilarga (keyingi o’rinlarda matnda-ta’lim oluvchilar deb yuritiladi) nisbatan o’qish jarayonini tashkil etish, o’qishga qabul qilish, boshqa ta’lim yo’nalishiga o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish, homiladorlik va tug’ish ta’tillari, bola parvarishlash hamda maoshsiz ta’tillardan foydalanishni, mehnat va o’quv intizomini, ish beruvchi bilan xodim hamda ta’lim oluvchilar o’rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan asosiy normativ xujjat hisoblanadi.
1.3. Qoidalar, institut xodimlari va talabalar boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishib, rektor tomonidan tasdiqlangan kundan kuchga kiradi va institutda qo’llaniladi.
1.4. Qoidalarga rioya qilish ish beruvchi, xodim hamda ta’lim oluvchilar uchun majburiy hisoblanadi, uni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.