Institutning ichki tartib qoidalari: IV.Institut hududida quyidagilar ta’qiqlanadi

 

IV. Institut hududida quyidagilar ta’qiqlanadi:

4.1. Institut xududida, binolarda, yo’laklarda, auditoriyalarda va xizmat xonalarida tamaki chekish;
4.2. Alkogolli ichimliklar (pivo, vino va boshqalar), giyohvandlik moddalari iste’mol qilish shuningdek, shu holatda bo’lish;
4.3. Bezorilik qilish, uyatli so’zlar aytish, hakorat qilish, o’zgalarga shilqimlik qilish, odamlar osoyishtaligiga putur yetkazadigan hatti-harakatlar sodir etish;
4.4. Diniy mazmundagi yozma yoki elek­tron vositalardagi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish;
4.5. Milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ’ib qiluvchi har qanday shakldagi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ’ib etish;
4.6. Behayolikni targ’ib qiluvchi por­nografik materiallarni qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar (rasm, audio, video, bosma nashr) tayyorlash, saqlash, tarqatish, targ’ib qilish;
4.7. Institut hududida azart o’yinlarni o’ynash;
4.8. Bino ichida bosh kiyimda va ustki kiyimda (palto, po’stin, kurtka) yurish, baland ovoz bilan gapirish, shovqin solish, mashg’ulotlar bo’layotgan chog’da koridor bo’ylab yurish, auditoriya eshigini sababsiz ochib qarash;
4.9. Institutga diniy ibodat liboslarida kelish;
4.10. Institut xududida odamlar diqqatini tortadigan mayka, mini yubka, shortik va boshqa umume’tirof etilgan odob-ahloq normalariga zid keluvchi kiyimlarda yurish, g’ayritabiiy taqinchoqlar taqib olish, pardoz-andozning ekstravagant usullarini qo’llash;
4.11. Talabalar odmi, ammo pokiza kiyinishlari, soch turmaklarni g’ayrioddiy bo’lishiga yo’l qo’ymaslik;
4.12. Zebu-ziynatdan foydalanishda me’yorga rioya qilishlari, o’zlarining didsizliklarini ko’rsatib qo’ymaslik;
4.13. Institut xududiga uyali aloqa vositalari bilan kelish mumkin, biroq, institut xududida ularni «ovozsiz» rejimga o’tkazish;
4.14. O’quv mashg’ulotlari chog’ida uyali aloqa vositalari to’liq o’chirib qo’yilishi lozim va ruxsatsiz foydalanish mumkin emas, faqat favqulodda hollarda (kasallik yuz berishi va boshqa hollarda) aloqa vositasi orqali ota-onasi yoki boshqa yaqinlariga xabar berish uchun aloqa vositasidan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin;
4.15. Uyali aloqa vositasidan foydalangan da haqoratomuz va uyatli so’zlarni so’zlash, ovozini baland ko’tarib gaplashish;
4.16. Uyali aloqa vositalaridan foydalangan holda inson sha’ni va qadr-qimmatini yerga uruvchi, ma’naviy buzuqlikning har qanday ko’rinishlarini (pornografiya, alkogolizm, kashandalik, giyohvandlik) targ’ib etuvchi, talaba yoshlarning ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazuvchi, umume’tirof etilgan ahloqiy qadriyatlarga putur yetkazuvchi, milliy, diniy, etnik nizolar keltirib chiqaruvchi, diniy aqidaparastlik, missionerlik, fundamentalizmni targ’ib qiluvchi har qanday ma’lumotlarni olib kirish, tarqatish, targ’ib etish;
4.17. Uyali aloqa vositasini bezatishda (fon rasmlari) yoshiga mos bo’lmagan, ahloqiy zararli bo’lgan tasvirlardan foydalanish;
4.18. Talabalar turar joyida soat 22.00 dan 06.00 gacha fuqarolar osoyishtaligini buzadigan, dam olishlariga halaqit beradigan hatti-harakatlarga yo’l qo’yish (radiopriyom­nik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan foydalanish);
4.19. Institut xududiga mashg’ulotlarga begona (institutga aloqador bo’lmagan) shaxslarni boshlab kelish ta’qiqlanadi.