Institutning ichki tartib qoidalari: XI. Ish vaqti va dam olish vaqti
XI. Ish vaqti va dam olish vaqti
11.1. Xodim ushbu qoidalarga, navbatchilik jadvallariga va mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o’zining mehnat majburiyatlarini bajarishi kerak bo’lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi;
11.2. Institutda har kungi ish vaqti 7 soatni tashkil etadigan olti kunlik ish haftasi belgilangan. Professor-o’qituvchilar tarkibiga 6 soatlik ish kuni belgilangan.
Barcha xodimlar uchun har haftalik dam olish vaqti bir dam olish kunini (yakshanba) tashkil etadi. Xodimning ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmaslish kerak (O’zbekiston Respublikasi MKning 115-modda);
11.3. Institutning quyidagi xodimlari uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi:
16 dan 18 yoshgacha bo’lgan shaxslarga haftada 36 soatdan oshmaydigan (O’zbekiston Respublikasi MKning 242-moddasi);
I va II guruh nogironlariga-haftada 36 soatdan oshmaydigan (O’zbekiston Respublikasi MKning 220-moddasi);
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo’lgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati (O’zbekiston Respublikasi MKning 117-moddasi);
professor-o’qituvchilar uchun ish vaqti muddati haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim (O’zbekiston Respublikasi MKning 118-moddasi);
11.4. Bayram ( ishlanmaydigan ) kunlari (O’zbekiston Respublikasi MKning 131-moda) arafasida kundalik ish ( smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
11.5. Xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuv bo’yicha ishga qabul qilish paytida ham, keyinchalik ham to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilanishi mumkin.
Ish beruvchi quyidagi hollarda to’liqsiz ish vaqtini belgilashi mumkin:
homilador ayollar;
12 yoshgacha bolasi (16 yoshgacha nogiron bolasi) bo’lgan ayollar shu jumladan, uning homiyligida yoki tibbiy xulosaga muvofiq oilaning kasal a’zosini boqayotgan shaxsning iltimosiga ko’ra, qonunchilikda ko’zda tutilgan hollarda;
to’liqsiz ish vaqti sharoitida ishlash xodim uchun har yilgi ta’til muddatini mehnat stajini hisoblash va boshqa mehnat xuquqlarini biror-bir tarzda cheklashlarga sabab bo’lmaydigan va ishlangan vaqtga mutanosib holda haq to’lanadi;
11.6. Institutda har kungi ishning boshlanish va tugash hamda dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti quyidagicha belgilanadi, masalan:
har kungi ishning boshlanish vaqti: soat 8:30(9:00).
har kungi ishning tugash vaqti: soat 16:30(17:00) va shanba kunlari 14:00(15.00).
ovqatlanish uchun tanaffus vaqti: soat 12:30(13:00) dan bir soat.
Dars mashg’ulotlari tasdiqlangan jadvalga muvofiq boshlanadi va tugaydi. Professor-o’qituvchilar kunlik ish rejasi dars jadvaliga muvofiqlashtiriladi;
11.7. Xodimlarning ayrim toifalarini dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga jalb etishga faqat favqulodda hollarda ish beruvchining yozma farmoyishi bilan o’rnatilgan tartibda yo’l qo’yiladi;
11.8. 18 yoshgacha bo’lgan shaxslarni tungi ishlarga hamda dam olish va bayram kunlarida ishlashga jalb etish taqiqlanadi.
Nogironlar, homilador ayollar va 12 yoshgacha bolalari bo’lgan ayollar ko’rsatilgan ishlarga faqat ularning roziligi bilan jalb etilishi mumkin.
Bunda nogironlar bunday ishlar tibbiy tavsiyalar bilan ularga ta’qiqlanmasligi sharti bilan jalb etiladi. Shunga o’xshash tibbiy tavsiyasi bo’lgan va o’zi rozilik bildirgan homilador ayollar va uch yoshgacha bolalari bo’lgan ayollar ko’rsatilgan ishlarga jalb etilishi mumkin;
11.9. Barcha xodimlarga shu jumladan, o’rindoshlarga ham ish joyi hamda o’rtacha ish haqini saqlab qolgan holda har yilgi mehnat ta’tillari beriladi;
11.10. Har yilgi ta’tillar (asosiy va qo’shimcha) vaqti ularga haq to’lash va hisoblash tartibi shuningdek, ta’til olishga huquq beradigan ish stajini hisoblash qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi;
11.11. Xodimning arizasiga ko’ra unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuviga binoan belgilanadi ( uch oydan oshmasligi lozim);
11.12. Har yilgi asosiy ta’til quyidagicha beriladi:
ishlangan birinchi yil uchun olti oy ishlagandan keyin;
ikkinchi va keyingi yillardagi ish uchun ta’tillar jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida, pedagog xodimlarga o’quv yili tugagandan keyin beriladi;
11.13. Ta’til har yili u beriladigan ish yili tugashiga qadar berilishi kerak. Ta’til xodimning yozma arizasiga ko’ra qismlarga bo’lib berilishi mumkin. Ta’til qismlaridan birinchisi kamida 12 ish kunini tashkil etishi kerak.
Faqat xodimning roziligi bilan ta’tildan chaqirib olish mumkin. Ta’tilning foydalanilmagan qismi joriy yilda beriladi yoki keyingi yilga ko’chiriladi.
Shuningdek, ta’tildan chaqirib olingan xodimning xohishiga qarab eng kam muddatdan (15 ish kunidan) ortiqcha yillik ta’til uchun pul badali to’lanishi mumkin;
11.14. Har yili beriladigan ta’tillar kalendar yili boshlanishiga qadar institut xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan holda rahbar tomonidan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.
Xodim ta’tilni berish vaqti to’g’risida uning boshlanishidan ko’pi bilan 15 kun oldin habardor qilinishi kerak;
11.15. Ta’til uchun xaq to’lash , yillik ta’tillar davri uchun xodimga o’rtacha ish haqidan kam bo’lmagan mikdorda haq to’lash kafolatlanadi.
Ta’til uchun haq to’lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
11.16. Xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi, kelishuvga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan, uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko’ra mehnat munosabatlarini keyin tugatgan holda har yilgi asosiy va qo’shimcha ta’tillar berilishi ko’zda tutilishi mumkin.
Mazkur holda ta’tilning tugash kuni mehnat shartnomasini bekor qilish sanasi deb hisoblanadi.
Keyin ishdan bo’shatishi sharti bilan ta’tilga yoki tomonlarning kelishuviga ko’ra belgilangan mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risida ogohlantirish muddati tugagan bo’lsa, mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi arizasi qaytarib olishga haqli bo’lmaydi.