Institut ichki tartib qoidalari: II.Ish beruvchi (rektor)ning majburiyatlari:
2. Ish beruvchi (rektor)ning majburiyatlari:
2.1. O’zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
2.2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishda Davlat ta’lim standartlarining bajarilishini ta’minlash;
2.3. Xodimlar mehnatini, ta’lim oluvchilarning o’qishini tashkil etish, o’qish sifatini oshirish hamda mehnat unumdorligini yuksaltirish, shuningdek, qonun xujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida, to’lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo’yicha kontraktda ko’zda tutilgan shart-sharoitlarni yaratish;
2.4. Xodimga bajargan ishi uchun belgilangan mehnatga haq to’lash shartlariga muvofiq, o’z vaqtida va to’liq hajmda haq to’lash hamda ta’lim oluvchilarga stipendiyalarini belgilangan muddatda berilishini ta’minlash;
2.5. Mehnat, ijro va o’quv intizomi, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish uchun shart-sharoitlar yaratish;
2.6. Qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibga muvofiq xo’jalik va moliya-iqtisodiyot faoliyatni boshqarish, institutning barcha moddiy-texnik bazasi va mol-mulkini saqlash, ulardan samarali foydalanish hamda moliya-xo’jalik faoliyati natijalari asosida qabul qilingan qarorlar bo’yicha to’liq javob berish;
2.7. Qonunchilikda va institut Ustavida belgilangan vakolat doirasida moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq masalalarni hal etish, faoliyatning ba’zi yo’nalishlari bo’yicha mas’ul prorektorlar va bo’lim boshliqlarini mas’ul deb belgilash hamda ularga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlash;
2.8. Qonunchilikka, jamoa va mehnat shartnomasiga muvofiq, xodimlarning dam olish huquqlarini amalga oshirishda, ularga kafolatli va badal to’lovlari to’lanishni ta’minlash;
2.9. Mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan yetkazilgan zarar uchun xodimga haq to’lash;
2.10. Xodimlar, ta’lim oluvchilarining vakolatli organlari xuquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko’maklashish, mehnat, o’qish va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha muzokaralar olib borish;
2.11. O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga muvofiq jamoa shartnomasini tuzish;
2.12. O’quv tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, mehnat, o’quv madaniyati va intizomi, ta’lim sifatini ko’tarilishiga erishish, xodimlarning kasb mahoratini takomillashtirish va oshirish;
2.13. Professor-o’qituvchilarning «Iste’dod» jamg’armasi, Davlat grantlari va talabalarni Davlat va nomdor stipendiyalari, jamoat tashkilotlari ko’rik-tanlovlarida qatnashishini tashkil qilish;
2.15. Institut Ilmiy, Vasiylik hamda ixtisoslashgan kengashlarga rahbarlik qilish;
2.16. Fakultetlar va kafedralarni, boshqa tarkibiy bo’lim va bo’linmalarini boshqarish;
2.17. Qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibga muvofiq, nogiron xodimning mehnat qilish xuquqini amalga oshirishini ta’minlash, nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishdan yoki xizmat yuzasidan uni yuqori lavozimga ko’tarishdan bosh tortishga, ma’muriyat tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga, nogironligi uchun uni o’z roziligisiz boshqa ishga o’tkazishga yo’l qo’ymaslik;
2.18. Mehnat jamoasini moddiy-texnik resurslar va moliyaviy mablag’lar bilan o’z vaqtida ta’minlab borish, institutning moliyaviy ahvoli haqida mehnat jamoasini muntazam xabardor qilish;
2.19. Barcha xodimlarning mehnat ta’tilini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
2.20. Institut xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushmasi bilan hamkorlik qilish, o’zaro takliflar va talablarni o’z vaqtida ko’rib chiqish;
2.21. Xodim o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki cog’ligining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog’ligiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash bo’yicha o’z fuqarolik javobgarligini O’zbekiston Respublikasining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida»gi Qonunida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug’urtalash;
2.22. O’zbekiston Respublikasi «Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq fuqarolarning yozma va og’zaki murojaatlarini belgilangan tartibda va muddatda xolisona ko’rib chiqishni ta’minlash;
2.23. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek, muassasa bo’ysunadigan vazirlik va idoralar lavozimlari nomenklaturasiga qarashli bo’lgan prorektor, dekan lavozimlariga nomzodlarni o’rnatilgan tartibda mutasaddi vazirlik va idoraga kiritish hamda ularning qarorlarn bilan tayinlangan (dekanlar uchun-kelishilgan) nomzodlar bilan mehnat shartnomasi tuzish;
2.24. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq institut xodimlari tomonidan ijro intizomiga rioya etish hamda xodimlar tomonidan ijro intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.