Institutning ichki tartib qoidalari: VI.Talabalarni o’qish va jamoat ishlaridagi yutuqlari uchun rag’batlantirish
VI. Talabalarni o’qish va jamoat ishlaridagi yutuqlari uchun rag’batlantirish.
6.1. Talabalar o’qishda yuqori ko’rsatkichlarga erishganligi, ilmiy-tadqiqot ishlari va institut ijtimoiy hayotida faol ishtiroki uchun quyidagi tartibda rag’batlantiriladi:
-tashakkurnoma e’lon qilish;
-stipendiyaga qo’shimcha qilish yoki mukofotlash;
-faxriy yorliq yoki qimmatbaho sovg’a bilan taqdirlash;
6.2. Rag’batlantirish institut «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkiloti, Xotin-qizlar qo’mitasi, xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan yoki ularning tavsiyalari asosida rektor buyrug’iga muvofiq amalga oshiriladi.
6.3. Rag’batlantirishga oid tegishli ma’lumot va buyruqdan ko’chirma talabaning shaxsiy xujjatlar to’plamida saqlanadi.