Institutning ichki tartib qoidalari: VII.Intizomiy ta’sir choralari
VII. Intizomiy ta’sir choralari.
7.1. Talaba o’ziga yuklatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganda yoki buzgan taqdirda unga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ko’llaniladi:
- xayfsan
- talabalar safidan chetlatish.
Talaba institutdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) o’z xohishiga binoan;
b) o’qishning boshqa institutga ko’chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) akademik o’zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;
d) o’quv intizomini va institutning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
e) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
j) o’qish uchun belgilangan to’lovni o’z vaqtida amalga oshirmaganligi sababli (to’lov-kontrakt bo’yicha tahsil olayotganlar uchun);
z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
i) vafot etganligi sababli;
7.2. Institut ma’muriyati tashabbusi bilan talabalarni o’qishdan chetlashtirish xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushmasi qo’mitasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo’lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur qoidalarning 7.1-bandi «d» kichik bandiga ko’ra chetlashtirilayotgan holda, institutning «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin;
7.3. Intizomiy jazoga tortilgan talaba o’ziga qo’llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bilan O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga yoki sud idoralariga murojaat etishi mumkin.
7.4. Talabaga nisbatan qo’llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy xujjatlar to’plamida saqlanadi;
7.5. Xarbiy xizmatni o’tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug’ish shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.