Fozilov Temur Fozilovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi

#xushxabar #rasman

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-fevraldagi “2020-2021 o‘quv yili uchun Respublika Oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 2/3-son hay’at qaroriga muvofiq Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Arxitektura” fakulteti “Bino va inshootlar arxitekturasi” mutaxassisligi II bosqich magistranti Fozilov Temur Fozilovich “Texnika va informatika yo’nalishi” ta’lim sohasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.


SamDAQI Axborot xizmati