YIL TALABASI — 2020

Joriy yilning 16 fevralida Samarqand shahrida joylashgan Yoshlar markazida Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Yil talabasi — 2020" Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Sovrindorlar orasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi Odilbek Taylonov ham bor. "Yilning eng faol sportchi talabasi" nominatsiyasida 3-oʻrinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija bilan Odilbekni SamDAQI professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar nomidan chin dildan tabriklaymiz.

 

  

 

Tadbir to‘g‘risida batafsil quyidagi link manzil orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/2425

 


SamDAQI Axborot xizmati