JIZPI TALABALARI BILAN UCHRASHUV

2021 yil fevral oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax politexnika instituti “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasiga biriktirilgan guruhlar bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutidan taklif qilingan arxitektura fanlari doktori, professor Uralov Axtam Sindarovich bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekan muovini M.Mirzabekov, “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi mudiri B.Bobobekov, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti doktoranti J.Berdiyev, hamda “Arxitekturaviy loyihalash” kafedra professor – oʻqituvchilari, “Arxitektura”, “Yigʻma temir beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish texnologiyalari” taʼlim yoʻnalishlari talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda professor A.Uralov “Alisher Navoiy davri arxitekturasi”, “Zamonaviy shaharsozlik muammolari", "Shaharsozlikning rivojlanish tendensiyalari va kelajak loyihalari” mavzularida maʼruza qildi. Tadbir davomida savol-javob, munozaralar ham olib borildi.

 

 


SamDAQI Axborot xizmati