“ULUG‘ SIYMOLARNI YOD ETIB”
#Navoiyxonlik #Boburxonlik
Joriy yilning 12 fevralida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin mir Alisher Navoiyning 580 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligiga bag‘ishlangan “Ulug‘ siymolarni yod etib” deb nomlangan teatrlashtirilgan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Badiiy kechada institut faol yoshlari tomonidan Navoiy va Guli, Farxod va Shirin, Bobur va Humoyun obrazlari gavdalantirildi. Shuningdek, institut iqtidorli qizlaridan tashkil topgan “To‘maris” raqs ansambli tomonidan sharqona bir-biridan betakror raqslar ijrosi namoyish etildi.
Tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.
Ushbu tadbirda jonbozlik ko‘rsatgan, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizga bag‘ishlangan tadbirni yuqori saviyada sahnalashtirgan “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulchehra Xoliqovaga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma topshirildi.
SamDAQI Axborot xizmati