MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT KENGASHINING 1-SONLI YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

Joriy yilning 26 fevral kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 19 yanvar kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining videoselektor tarzida oʻtkazilgan majlisining 3-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida institutda yangi tarkibda tashkil etilgan Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining 1-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ilk yig‘ilish bo‘lishiga qaramay Kengash yigʻilishi tanqidiy ruhda olib borildi. Dastlab Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor O.Xaitov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Yigʻilishda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlarining fakultetlarda amalga oshirilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hisobotlari tinglandi. 

Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi F.Qosimova institutdagi mavjud toʻgaraklar faoliyati boʻyicha va toʻgaraklar faoliyati qayta koʻrib chiqilishi kerakligi to‘g‘risida axborot berdi.

Shuningdek, guruh murabbiylari faoliyati ham atroflicha ko‘rib chiqildi va ular faoliyati tanqidiy ruhda oʻrganib chiqilishi lozimligi taʼkidlanib, kelajakda ular bilan birgalikda olib boriladigan ishlar va vazifalar belgilab olindi.

Kengash aʼzolari tomonidan olib borilgan ishlardagi yutuqlar va kamchiliklar to‘g‘risida “Qurilishni boshqarish” fakulteti dekani U.Nazarov va “Qurilish” fakulteti dekani A.Bayzakovlar oʻzlarining takliflari bilan oʻrtoqlashdi.

Kengash aʼzolariga keyingi yigʻilishga qadar belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash vazifasi yuklatildi.

 

  

  


SamDAQI Axborot xizmati