SamDAQI Xodimlar va talabalar boshlangʻich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Nurota shahriga sayohat uyushtirildi

#ichki_turizm #sayohat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2018-yil 3 fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida hamda “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan joriy yilning 6 martida SamDAQI Xodimlar va talabalar boshlangʻich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Nurota shahriga sayohat uyushtirildi. 

Institut tomonidan 53 nafar xotin-qizlar, professor-o‘qituvchi va xodimlari sayohat qilib keldilar.

 


SamDAQI Axborot xizmati