NAFOSAT GULSHANIDIR AYOL

#8mart #SamDAQI

  

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Xalqaro xotin-qizlar bayrami erta tongdan keng nishonlandi.

Faol talaba-yoshlar tomonidan kirib kelayotgan xotin-qizlarga bayram kayfiyati ulashildi.

   

  

  

Institut rahbari boshchiligida "8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan maʼmuriyati xotin-qizlari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

  

  

  

#badiiy_qism

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining katta faollar zalida “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar  kuni”ga bag‘ishlangan “Nafosat gulshanidir ayol!” deb nomlangan badiiy tadbir tashkil etildi.

Institut rektori Sulton Axmedov mo‘tabar va munis ayollar hamda qizlarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etib tadbirni ochib berdi.

  

  

  

5 tashabbus markazining faol talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoa tomonidan yig‘ilganlarga kuy-qo‘shiqlar, bu dunyoda eng aziz inson ona, ona mehrini madh etuvchi ajoyib sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, Samarqand markaziy kulgu ligasining 2020 yilgi chempioni, institut QVZ terma jamoasi bo‘lmish “Maroqandlik bojalar” o‘zining yumoristik chiqishlari bilan yig‘ilganlar yuziga tabassum ulashdi.

 

SamDAQI Axborot xizmati