NAVBATDAGI KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

#kengash_majlisi

 

  

   .

Joriy yilning 1 mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Kengashining 4-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis an’anaga ko‘ra yaxshi xushxabarlar bilan boshlandi.

Majlisda kun tartibiga ko‘ra dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qaroriga asosan institutning ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor E.Isakovning ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i O‘.Sirojiddov tomonidan institutning 2020 yildagi reyting ko‘rsatkichlari tahlili hamda 2021 yilda kutilayotgan institut reyting ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng muhokama qilindi.


SamDAQI Axborot xizmati