TALABA-YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

#kurash #sport #5_tashabbus

Xabaringiz bor joriy yilning 10 mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti sport zalida sportning “Kurash” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Milliy o‘yinlarimizdan biri bo‘lmish “Kurash” musobaqasi institut “Talaba” sport uyushmasi hamda “Kasb ta’limi va jismoniy tarbiya” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi.

Ushbu musobaqada 50 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etib, birinchilik uchun murosasiz kurash bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Demak polvonlar musobaqa natijalariga ko‘ra quyidagi o‘rinlarni egalladilar va esdalik uchun sovg‘a hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.

  

 

  

  

 

60 kg vazn o‘rtasida:

I o‘rin - Eshimov Turg‘un;

II o‘rin - Nazarov Orzumurod;

III o‘rin - Boyxo‘rozov Sunattilo.

 

63 kg (qizlar o‘rtasida):

I o‘rin - Xoliqova Go‘zal;

II o‘rin - Qaxxorova Nilufar.

 

66 kg vazn o‘rtasida:

I o‘rin - To‘raqulov Farid;

II o‘rin - To‘xtameshov Boboraxim;

III o‘rin - Xo‘jaqulov Javoxir.

 

73 kg vazn o‘rtasida:

I o‘rin - Xudoyzotov Javoxir;

II o‘rin - Shodiyorov Uchqun;

III o‘rin - Shodiyev Odil.

 

81 kg vazn o‘rtasida:

I o‘rin - Tilavov Elyor;

II o‘rin - Boltayev Ziyovuddin;

III o‘rin - Turdipo‘latov Jamshid.

 

90 kg vazn o‘rtasida:

I o‘rin - Mirzayev Soxib;

II o‘rin - Siddiqov Shaxzod;

III o‘rin - Ziyotov Maxmud.

 

100 kg vazn o‘rtasida:

I o‘rin - Janiyev Ziyodullo;

II o‘rin - Yoqubov Azamat;

III o‘rin - Kubayev Sanjar.

SamDAQI Axborot xizmati