“OʻZBEKNING QAHRAMON OʻGʻLI”

Maʼlumki, 2012 yildan buyon “Tasviriy sanʼat” kafedrasi dotsenti, D.Sultonova tashabbusi bilan SamDAQI va A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasi asosida muntazam maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

2021 yil, 12 mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat AKMda Oʻzbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekning qahramon oʻgʻli” deb nomlangan navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirni AKM direktor oʻrinbosari N.Saidmuradova ochib berdi. Soʻng Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti “Tasviriy sanʼat” kafedrasi dotsenti, arxitektura fanlari doktori D.N.Sultonova soʻzga chiqib “Qalblarni zabt etgan shoir” mavzusida keng qamrovli maʼruza qildi. SamDAQIdagi ilk olima (DSc) AKM ilmiy sektoriga oʻzining fan doktori dissertatsiyasi va avtoreferatlar nusxasini tuhfa etdi.

Soʻngra SamDAQIning bir guruh pedagog va talabalari tomonidan shoir ijodiga bagʻishlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. 205-dizayn guruhidagi iqtidorli talaba Haqnazarova Sarvinoz tomonidan buyuk shoirimiz portreti ishlandi va kutubxona jamoasiga taqdim etildi. Vatanimizni madh etuvchi “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” sheʼri (205-dizayn I.Norqoʻziyeva), “Gulga qoʻnarmen” qoʻshigʻi (302-dizayn, N.Amitova) va “Andijon polkasi” raqsini (magistrant G.Aliqulova) tomonidan ijro etildi. Ayniqsa, yosh oʻqituvchi S.Suvonqulovning mumtoz qoʻshigʻi barcha kelganlarni ilhomlantirdi. Tadbir davomida oliygohning xotin-qizlar raisi M.Boboqulova hamda Arxitektura fakulteti xotin-qizlar yetakchisi N.Suyunova soʻzga chiqishdi va koʻp sonli talaba-oʻquvchilarni sheʼriyatga va kitobxonlikni kuchaytirishga chorlashdi.

31-umumtaʼlim maktabi Yoshlar ittifoqi yetakchisi F.Kuldasheva shoir A.Oripov hayoti va ijodi haqida maʼlumot berdi va maktab oʻquvchilarning chiqishlari ham tadbir ishtirokchilarga manzur boʻldi. Fakultet talabalari ham oʻzlarining shoir qalamiga xos sheʼrxonlik, qoʻshiq va sahna koʻrinishlari bilan tadbirda ishtirok etdilar.

Yosh kitobxonlar uchun D.Sultonova yetakchiligida tashkil tilgan tadbir juda mazmunli va esda qolarli boʻldi. Tarbiyaviy ahamiyatga molik bu tadbir soʻngida SamDAQI, SamDU va 31-umumtaʼlim maktab oʻquvchilarining faol ishtiroklari uchun AKM rahbariyati tomonidan tayyorlangan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

  

  

 

 

Dotsent D.N.Sultonova