YILDIZ TEXNIK UNIVERSITETI PROFESSORI TASHRIF BUYURDI

#muzokara #tashrif

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Turkiyaning nufuzli Yildiz Texnik Universiteti, “Arxitektura” kafedrasi professori Chidem Djanbay Turkyilmaz xonim tashrif buyurdi.

Tashrifi doirasida turk professori institut rahbari Sulton Axmedov bilan birga muzokalar olib bordi.

Muzokaralarda ko‘zlangan asosiy maqsad hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda hamkorlik yo‘llari va xaritalarini tuzishni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga kelajakda tarixiy obidalarni tarixini o‘rganish va ularni rekonstruksiya qilish borasida hamkorlikni mustahkamlash haqida fikrlar bildirildi.

Shuningdek Chidem Djanbay Turkyilmaz xonim muzokalardan so‘ng institut tarixi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari to‘g‘risida instituti professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lgan suhbatda batafsil tanishib chiqdi.

 

  

  


SamDAQI Axborot xizmati