BIRINCHI BOSQICH TALABALARI HFX KAFEDRASI KUBOGINI QO‘LGA KIRITDI

#sport #futbol #5_tashabbus

  

  

  

 

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi tashabbusi bilan “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha sport musobaqasi tashkil etildi.

Tadbirni “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri H.Rozzoqov ochib berdi. O‘yin oldidan “Qurilish” fakulteti yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini A.Kamolov bayram munosabati bilan barchani tabriklab talabalarga omad tiladi.

Umumiy hisobda kafedraning koʻchma kubogini 101-hayotiy faoliyat xavfsizligi guruhi talabalari qoʻlga kiritishgan boʻlsa, ikkinchi va uchunchi oʻrinlarni 201-202-hayotiy faoliyat xavfsizligi taʼlim yoʻnalishi guruhi talabalari egalladilar.

“Eng yaxshi darvozabon” - Abduvahob Boborahimov, 
“Eng yaxshi hujumchi” - Behruz Roʻziyev, 
“Eng yaxshi sardor” - Umid Raimov, 
“Eng yaxshi toʻp urar” - Elyor Baxtiyorov, 
“Eng yaxshi himoyachi” - Davron Baratov, 
“Eng yaxshi yarim himoyachi” - Shohruh Sobirovlar aniqlandilar hamda diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Kafedra qoshida tahsil olayotgan 5 ta guruh talabalari oʻrtasida oʻtgan futbol musobaqalarini adolatli o‘tkazishda hakamlar A.Dehqonov va I.Narziqulovlarga kafedra nomidan minnatdorchilik izhor etamiz.


SamDAQI Axborot xizmati