SHAKAR AHADOVNING 85 YILLIGIGA BAG‘ISHLAB, “ILMGA BAXSHIDA UMR” MAVZUSIDAGI XOTIRA TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI

  

  

  

 

2021 yil 3 mart kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Asliddin Qoʻldoshev boshchiligida, katta o‘qituvchisi Ziyotova Adolat Ergashevna tomonidan tashkil qilingan, tarix fanlari doktori, professor, “Antik dunyo” xalqaro ilmiy akademiyasining faxriy akademigi Shakar Ahadovning 85 yilligiga bag‘ishlab, “Ilmga baxshida umr” mavzusidagi xotira tadbirini o‘tkazildi.

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Asliddin Qo‘ldoshev, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi To‘raqul Egamov, dotsent Samariddin Aliqulov, dotsent Akbar Safarov va boshqa professor-o‘qituvchilar Shakar Ahadovning qariyb yarim asrga teng ilmga bag‘ishlangan ibratli yo‘lini xotirladilar.

Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, o‘z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, haqiqiy insonni tarbiyalash mumkin emas.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan-avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishilaridan biridir”.

Ana shu haqiqatni ko‘ngliga jo qilgan tarixchi olim Shakar Ahadov buyuk tariximizni o‘rganilmagan, tadqiq etilmagan qirralarini ochishga, ilmiy tahlil qilishga, o‘tmishda yashab o‘tgan diniy va dunyoviy avliyolar, piru-ustozlarning hayotiy faoliyatlarini, ma’naviy-ma’rifiy fazilatlarini, yo‘qolib ketayozgan ilmiy meroslarini tadqiq etishga va ulardan kelajak avlodlarni bahramand qilishga butun umrini, faoliyatini sarf etdi.

Tadbir 2 qismdan iborat bo‘lib, institut faollar zali hamda “Qurilish” fakultetining 312 o‘quv xonalarida davom etdi.

Tarixchi olimning ibratli hayot yo‘li haqida berilgan ma’lumotlar tadbir jarayonida talabalarda katta taassurot uyg‘otdi.


SamDAQI Axborot xizmati