XOTIN QIZLAR O‘RTASIDA SHAXMAT-SHASHKA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

#sport #5_tashabbus

  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-sonli Farmonining ijrosini taʼminlash hamda “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan 4-5-mart kunlari institutda xotin-qizlari oʻrtasida fakultetlararo sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha musobaqa oʻtkazildi. 

Shaxmat musobaqasi natijalariga koʻra:
I – oʻrin: “Arxitektura” fakulteti ishtirokchisi –Haydarova Madina;
II – oʻrin: “Qurilish” fakulteti ishtirokchisi – Eshimova Mohlaroyim;
III – oʻrin: “Arxitektura” fakulteti ishtirokchisi – Nurmurodova Yulduz;

Shashka musobaqasi natijalariga koʻra:
I – oʻrin: “Arxitektura” fakulteti ishtirokchisi – Qurbonova Maxsuda;
II – oʻrin:“Qurilishni boshqarish” fakulteti ishtirokchisi –Komilova Mukammal;
Musobaqada oʻrin egallagan ishtirokchilar diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.


SamDAQI Axborot xizmati