SAMDAQI TAYANCH DOKTORANTI XORIJDA MALAKA OSHIRMOQDA

 

Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi bo‘yicha Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Issiklik-gaz ta’minoti, ventilyatsiya va servisikafedrasi tayanch doktoranti Fayziyev Zafar, hozirgi kunda Belorussiyaning Minsk shahrida joylashgan Belorussiya milliy texnika universitetida malaka oshirmoqda.Ushbu universitetda Zafar Fayziyev malaka oshirish bilan bir paytda universitetning Boshqaruv texnologiyasi va gumanitarizatsiya fakulteti “Energoeffektiv texnologiyalari va energetik menejment” yo‘nalishida tahsil oluvchi 4 bosqich talabalariga Quyosh kollektorlari turlari, Quyosh kollektorlarini buzilishdan saqlash mavzulari bo‘yicha 4 soatlik ochiq darslarni ham olib bordi.“ — Men 2019 yilning oxirida ushbu universitetga kelib o‘z bilim va ko‘nikmalarimni yanada mustahkamlamoqdaman, BMTU talabalari ham darslarga faol qatnashmoqdalar, “UNESCO Energotejamkorlik va qayta tiklanadigan energiya manbaalari kafedrasi t.f.n. dotsent V.L.Chervinskiy hamda ushbu kafedra mudiri m.f.d. professor V.G.Bashtovoy yordami bilan ilmiy ishlarimni mamnuniyat bilan olib bormoqdaman”, – deydi SamDAQI o‘qituvchisi Zafar Fayziyev.