14 YANVAR — VATAN HIMOYACHILARI KUNI!

 

Bugun Sohibqiron Amir Temur bobomiz haykali poyiga 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyat va shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimda Samarqand viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari vakillari ham jamoaviy ishtirok etdilar. Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib hurmat bajo keltirdilar.Gul qo‘yish marosimidan so‘ng Samarqand viloyat hokimiyati yonida joylashgan ko‘ksaroy maydonida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab tashkillashtirilgan harbiy xizmatchilar namoyishi, harbiy texnikalar va harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi.