“QURILISH MEXANIKASI VA MATERIALLAR QARSHILIGI” KAFEDRASI KUNI O‘TKAZILDI

 

Joriy yilning 13 yanvar kuni 4-sonli talabalar turar joyida “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi kuni o‘tkazildi.
Unda dastlab kafedra mudiri v.b. M.Xodjabekov professor-o‘qituvchilar va talabalarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi. “— Bu sananing tarixiy ahamiyati shundaki, 1991 yil 6 sentyabrdagi “Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi, 1992 yil 3 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi va 1992 yilning 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganligi esa muhim tarixiy ahamiyatga ega, 1993 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni deb belgilandi man shundan beri yurtimizda ushbu bayram man shu sanada keng nishonlanib kelmoqda” – deb o‘z fikrlari bildirdi.Kafedra kuni doirasida qatnashchilarga talabalarning raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishlarida kafedra tomonidan o‘tilayotgan fanlarning o‘rni haqida t.f.d. professor H.To‘raev batafsil ma’lumot berish bilan birgalikda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdagi o‘z takliflarini va talabalarga zarur maslahatlarni berdi.Talabalarga mustaqil ta’limni samarali tashkil etish, xususan hisoblash grafik ishlarini bajarish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar kafedra katta o‘qituvchisi N.Egamov tomonidan berdi hamda mustaqil ishlarni bajarishda kafedrada mavjud uslubiy ishlar bilan tanishtirgan holda, ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi.Talabalarga mustaqil ta’limini bajarishlarida zamonaviy dasturlarni, jumladan Creo, Ansys, Beam va boshqa dasturlarni qo‘llash imkoniyatlari haqida kafedra katta o‘qituvchisi O.Ubaydulloyev ma’ruzasida o‘zining 2019 yil dekabr oyida Moskva davlat qurilish institutida amalga oshirgan malakaviy amaliyot davomida otrtirgan tajribasi va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.Kafedra kuni yakunida Qurilish fakulteti dekani o‘rinbosari A.Kamolov barchani 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklagan holda tashkilotchilik uchun tadbirda qatnashgan kafedra a’zolariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.