AKADEMIK T.SH.SHIRINQULOV FAOLIYATI VA ILMIY-IJODINI O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi tomonidan Akademik T.Sh.Shirinqulov faoliyati va ilmiy-ijodini o‘rganish mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur ilmiy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda 2020 yil yanvar oyidagi Parlamentga murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni ilm-fanga qiziqishlarini yanada kuchaytirish, yosh tadqiqotchilar erishayotgan nazariy natijalarini amaliyotda qo‘llash va undagi muammolar yechimlariga bag‘ishlangan masalalar yuzasidan soha olimlari tomonidan ma’ruzalar qilindi.
Bunda taniqli olim Akademik, T.Sh.Shirinqulov asos solgan maktabda amalga oshirilayotgan ishlarga nazar tashlandi va maktabning kelgusi rejalari muhokama qilindi.