“BESHTA MUHIM TASHABBUS – YOSHLARIMIZNING ERTANGI KUNI ISTIQBOLIDIR” DEB NOMLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida “Prezidentimiz tashabbusiga tashabbus bilan javob beraylik” shiori ostida, 302-303 QHALTE guruhlari, Arxitektura fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchilari, Axborot resurs markazi jamoasi hamda guruh murabbiylari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
“— Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bo‘lib, bu orqali talabalarning faolligini oshirish, jamiyatdagi jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirishga erishamiz”, - deydi 302-KHALTE guruhi murabbiyi Elvira Jo‘rayeva.
Tadbir doirasida turli yo‘nalishlarda tanlovlar, sport musobaqalari, muloqot va davra suhbatlari o‘tkazildi.Jumladan, Axborot-resurs markazi tomonidan badiiy va ilmiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etilgan bo‘lsa, yoshlar orasida kompyuter savodxonligini oshirish bo‘yicha kompyuter xonasida talaba-yoshlar dasturlash, internetdan unumli foydalanish bo‘yicha bilim va malakalarini yanada oshirdilar.Xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbir va tanlovlarda talabalar qo‘l mehnati hamda milliy liboslar ko‘rgazmasidan baxramand bo‘lishdi.