QO‘SHMA TA’LIM DASTURI TALABALARI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

 

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab xabaringiz bor 2+2 va 2+3 qo‘shma ta’lim dasturi asosida Rossiya hamda Belarus davlatlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan bitimga asosan institutimizga talabalar qabul qilindi va hozirgi kunda ta’lim olib kelmoqdalar.2020 yil 21 yanvar kuni institut rektori va qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda institut rektori Sultan Ilyasovich Axmedov talabalarning olayotgan ta’limlari bilan qiziqib mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.Shuningdek, guruh murabbiylarining ham fikrlarini tinglab, uchrashuv so‘ngida talabalarga yuzlandi.
“— Aziz talabalar har biringiz kelajakda o‘z kasbingizning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishingizni istardim. Sizlar hozir ikki yil Samarqandda, ikki yildan so‘ng biringiz Moskvada, biringiz Belarusda ta’lim olasizlar, u yerga siz nafaqat institutni yuzi, balki butun O‘zbekistonning faxri, yuzi bo‘lib borasizlar, shunday ekan astoydil professor-o‘qituvchilarning bor bilimlarini mukammal o‘zlashtiring. SamDAQI rektori sifatida men sizlarga ishonaman. Barchangizni o‘qish va ishlaringizga omad hamda zafarlar tilayman”, - deb uchrashuvni yakunladi.