“BIZ — SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ”
Joriy yilning 4 fevralida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda SamDAQI ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi T.Egamov, Samarqand viloyat narkologiya dispanseri vrachi G.Jalilova, SamMI “Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermovenerologiya” kafedrasi asistentlari N.Jumayeva, M.Achilova va G.Uzoqova, SamDAQI xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Boboqulova hamda institut salomatlik markazi vrachi N.Sultonova va talaba-yoshlar qatnashdilar.Yig‘ilganlarga mutasaddilar tomonidan mavzu doirasi OITS va giyohvandlik — inson ma’naviyati kushandasi ekanligi haqida ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, hozirgi kunda butun duyoda muhokamada bo‘lib kelayotgan Xitoy xalq Respublikasida keng tarqalgan havfli virus ya’ni “Koronavirus” haqida ham gapirib o‘tildi.
— Koronavirus o‘zi nima? Ushbu savolga batafsil SamMI asistenti N.Jumayeva javob berdi:
“— Xitoyda tarqalgan ushbu virus haqida 2019 yilning oxirida noma’lum pnevmotik kasallik(virus) tarqalgani haqida xabarlar tarqaldi. 2019-nCoV yoki “Wuhan koronavirus” (Uhan koronavirusi), Uhan dengiz mahsulotlari bozorida pnevmoniya virusi 2019-2020 yillarda Uhan shahrida pnevmoniya avj olganida aniqlangan koronavirusning yangi turidir. Bu bitta torli RNKni o'z ichiga olgan virus bo'lib, odamlarda nafas olish kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Virusning xavfi kam, ammo ba'zi hollarda bu o'tkir respirator sindromni keltirib chiqarishi mumkin, og'ir holatlar pnevmoniya yoki nafas olish yetishmovchiligi bilan o'limga olib kelishi mumkin.
Kasallikka qarshi davolanish yoki profilaktika qilish uchun maxsus antiviral vositalar mavjud emas.
— Virusdan saqlanish uchun nima qilish kerak? Qo‘llaringizni doimo sovun va suv yoki spirtli aralashma bilan yuving, yo‘talganda yoki aks urganda og‘zingizni va burningizni tabiiy niqob, salfetka yoki yengizgiz bilan to‘sing, shamollagan yoki gripp bo‘lgan insonlar bilan himoyalanmagan holda aloqaga kirishmang, mobodo sizda isitma yo‘tal, nafas qisishlari alomatlari sezilganda tibbiy yordam olish uchun tez yordamga murojaat qiling. Gigiyena qoidalariga qattiq rioya qiling”.
Ma’lumot uchun, insitutda “Koronavirus infeksiyasidan saqlanish va profilaktikasi” mavzusidagi tadbirlar “Murabbiylik soati” va “Axborot soatlari”da talabalarga yetkazish ishlari olib borilmoqda.