“SHE’RIYAT SHAYDOSIMAN” NOMLI UCHRASHUV

#uchrashuv #kitobxonlik

2021 yilning 6 aprelida SamDAQI Axborot resurs markazi tomonidan “Kitobxonlik haftaligi" munosabati bilan “She’riyat shaydosiman” nomli uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalq shoirasi Xosiyat Bobomurodova ijodiga bag‘ishlandi. Shoira o‘z hayoti va ijodi haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.

Faol talaba-yoshlar tomonidan ajoyib she’rlar va raqslar ijro etildi.

Uchrashuv davomida pandemiya kunlarida Xosiyat Bobomurodova tomonidan yozilgan “Taqiqli kunlar” nomli kitob taqdimoti ham o‘tkazildi.

  

  

  


SamDAQI Axborot xizmati