KITOB — QALB GAVHARI, KO‘NGIL OFTOBI

#kitobxonlik #5_tashabbus

Xabaringiz bor 2021 yil 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2021 yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasini “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilanganligini ma’lum qilgan edik.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Axborot-resurs markazi tomonidan Aprel oyining ilk kunlaridanoq “Kitob-qalb gavhari ko‘ngil oftobi” nomli tadbir talabalar o‘rtasida bellashuv tarzida tashkil etildi.

Bellashuvda talabalar jamoaviy ishtirok etib, bir nechta shartlar bo‘yicha bellashdilar. Umumiy ballar hisobiga ko‘ra “Ilm nuri” jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi. G‘olib bo‘lgan talabalarga ARM direktori D.Yarmatova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i Ch.Xushmurodova va institut yoshlar yetakchisi L.Usmonov tomonidan diplomlar hamda nominatsiyalar bo‘yicha faol talbalarga faxriy yorliqlar topshirildi.

  

  

  


SamDAQI Axborot xizmati