TURKIYANING O‘ZBEKISTONDAGI BOSH KONSULXONASI RAHBARI SALIH JANER TASHRIF BUYURDI

#xalqaro_hamkorlik #Turkiya

Joriy yilning 6-aprelida Turkiyaning Samarqanddagi bosh konsulxonasi rahbari Salih Janer O‘zbekiston va Turkiya OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga tashrif buyurdi.

Institut rektori Sulton Axmedov va institut rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda Turkiyaning Samarqanddagi bosh konsulxonasi rahbari Turkiyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish taklifini bildirib o‘zaro ta’lim sohalarida O‘zbekiston-Turkiya muloqotini yanada rivojlantirish uchun tomonlarda ulkan salohiyat va qiziqish mavjudligini qayd etdi.

—  Samarqand shahri xuddi Anqara shahriga o‘xshar ekan, bizning Anqara shahrimizda ham ko‘plab oliy ta’lim muassasalari mavjud, bizning bu yerga kelishimizdan maqsad Samarqandda joylashgan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish, ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdir va o‘rganish ishlarini biz birinchi bo‘lib Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutidan boshladik, – deydi Salih Janer.

Suhbat davomida do‘stona hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida kelajakda professor-o‘qituvchilarning Turkiyadagi nufuzli universitetlar bilan malaka oshirish kuslari tashkil etilishiga kelishildi.

Suhbatdan so‘ng tomonlar o‘zaro ramziy sovg‘alar bilan almashishdi.

  

 

  

  


SamDAQI Axborot xizmati