“BUNYODKOR” JAMOASI RESPUBLIKA OCHIQ KUBOGIDA NECHANCHI O‘RINNI EGALLADI?

#zakovat #buxoro

Joriy yilning 3 aprelida Buxoro shahrida “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi Respublika ochiq Kubogi o‘tkazildi!

Unda butun Respublikamizdan 60 ga yaqin terma jamoalar qatnashdilar. Murosasiz kechgan o‘yinda umumjamoa natijalari quyidagicha qayd etildi:

Demak, 1-o‘rinni Samarqand viloyatining “Samarqand ichki ishlar akademik litseyi” jamoasi egalladi, 2-o‘rinni Buxoro viloyatining “Boqiy Buxoro” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, institutimizning “Bunyodkor” jamoasi faxrli 3-o‘rin bilan taqdirlandi.

Undan tashqari magistrantimiz Davron Narzullayev yakkalik (svoyak) o‘yinida Respublika bilimdonlari orasida kuchli 5 lik bilimdonlari safidan joy egalladi. Barakalla yigitlar!

 


SamDAQI Axborot xizmati