Rustamova Dilbar Bahodirovnaning monografiyasi bir necha tillarda sotuvga chiqarildi
#xushxabar #monografiya
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Qurilish” fakulteti “Bino va inshootlar” kafedrasi oʻqituvchisi Rustamova Dilbar Bahodirovnaning “Sendvich-panellari qoʻllanilib quriladigan kam qavatli turar-joy binolarining ekspluatatsion xususiyatlari” nomli monografiyasi Germaniyaning Lambert Academic Publishing nashriyoti tashabbusi bilan ingliz, rus, nemis, ispan, fransuz, portugal, italyan, polyak kabi tillarga tarjima qilinib, nashr etildi va dunyo boʻylab sotuvga chiqarildi.
Monografiyada dunyo davlatlari va Oʻzbekistonda hozirgi kunda energiyasamarador binolarni qurish va loyihalash sohasida olib borilayotgan ishlar, zamonaviy izolyatsion materiallarni qoʻllash usullari xususida keng hamda aniq maʼlumotlar berilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Rustamova Dilbar Bahodirovna hozirgi paytda “Oʻzbekiston iqlim sharoitida binoda yuk koʻtaruvchi qavatlar” ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
SamDAQI Axborot xizmati