SHE’RXONLIK KECHASI TASHKIL ETILDI
#madaniy_tadbir
Samarqand viloyat hokimligining 2020-yil 5-dekabrdagi 07-07/1623-sonli xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-dekabrdagi PQ-4906-sonli “O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ga asosan 2021-yil 31-mart kuni institut 1-son talabalar turar joyi faollar zalida “Sen bahorni sog‘inmadingmi?” mavzusida she’rxonlik kechasi tashkil etildi.
She’rxonlik kechasini Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
So‘ngra O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi X.Xo‘jamov shoir hayoti va ijodi bilan bog‘liq bir qancha qiziqarli faktlarni kitobxon talabalar e’tiboriga havola etdi.
Qizg‘in savol-javob va suhbat jarayonidan so‘ng, talabalar tomonidan shoir she’rlaridan bir qancha namunalar eshitildi. Faol qatnashgan ishtirokchilarni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi X.Xo‘jamov esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
Tadbir barcha talabalarda katta taassurot qoldirdi.
SamDAQI Axborot xizmati