KITOBXONLIK TADBIRIDAN ADOLAT ZIYOTOVANING FIKRLARI


 

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lib o‘tgan kitobxonlik haqidagi – davra suhbati institut kutubxonasida Dilbar Yarmatova tashabbusi bilan tashkil qilindi. Unda Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Adolat Ziyotova “Harakatlar strategiyasi” va “Besh tashabbus” haqida ma’lumot berib, unda belgilangan vazifalarni kitob mutolaasi bilan bog‘ladi.Bilim nima? Bu o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish bo‘lsa, ko‘nikma o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olishdir. Malaka esa o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish bo‘lsa, kompetensiya mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyatidir.Fikr va nutq manbai kitob mutolaasi ekanligi ayon. Shunday ekan, muloqotning asosiy mezoni mutolaa bilan ekanini aslo esdan chiqazmaslik kerak. “Kimki kitob o‘qishdan to‘xtasa, bilingki, u fikrlashdan ham to‘xtaydi”, – deydi Deni Didro. Haqiqatdan ham so‘z boyligi, mantiqiy mushohada yurita olish iste’dodi aslida, mutolaa bilandir.
Prezidentimiz e’tirof etganlaridek, qolaversa, bu vatanparvarlik hamdir. Kuyunchaklik bilan aytilgan quyidagi mulohazalardan ham masalaning mohiyati muhimligini sezib olish qiyin emas.“Yoshlarimiz o‘zimizning gazeta-jurnallarimizni o‘qimasa, o‘z milliy adabiyotimiz va san’atimizni bilmasa, ular qanday qilib vatanparvar bo‘ladi? Ularning ongu tafakkuri, dunyoqarashi nima hisobidan shakllanadi?”Talabalarda kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otishda guruh murabbiyi sifatida 304-AYvaA guruhi talabalariga mana uch yildirki har birini tug‘ilgan kunlarida albatta kitob sovg‘a qilaman. Faqat tug‘ilgan kunlaridagina emas, bayram, tadbir, darslarda rag‘batlantirish – barchasini o‘z hisobimdan, kitob tarqatish bilan ta’minlayman. Hatto, ota-onalar yig‘ilishini chaqirib, ota-onalarga ham kitob tarqatdim. Ota-onalar bunday munosabatdan juda mamnun bo‘lib o‘zlarining fikr-mulohazalarini minnatdorlik bilan yozib qoldirgan. Axborot soatlarining ikkinchi qismi albatta hafta davomida o‘qilgan kitoblar tahlili bilan davom etmoqda. Ollohga ming bora shukurki, guruhimdagi talabalarning dunyoqarashlarini, fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirishda baholiqudrat hissa qo‘shayotganimdan ko‘nglim tog‘dek ko‘tariladi. Axir, kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlarni bilim bilan qurollantirish asl maqsadimizku!