SAMDAQI KATTA O‘QITUVCHISI XORIJ AMALIYOTIDA BO‘LIB QAYTDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti "Shahar qurilishi va xo‘jaligi" kafedrasi katta o'qituvchisi N.Saliyeva 2019 yil 21-oktabrdan 20-noyabrgacha Moskva davlat qurilish universitetida №DPO11-076-19-sonli shartnoma asosida, uzluksiz ta'lim dasturi bo'yicha malaka oshirishda bo‘lib qaytdi.Malaka oshirish amaliyoti bo‘yicha N.Saliyevaning hisoboti tinglandi. Unda O‘quv bo‘limi boshlig‘i A.Axunjanov, "Shahar qurilishi va xo‘jaligi" kafedra mudiri A.Xudayberdiyev hamda kafedra professor-o‘qituvchilari qatnashishdi.Katta o‘qituvchi N.Saliyeva professor, texnika fanlari doktori I.Shukurov rahbarligida olib borilgan o'quv jarayonlarida Moskva davlat qurilish institutining yangi o'quv uslublari va o'quv jarayoni tajribasi haqida boy va yangi ma'lumotlarga ega bo‘ldi. Shuningdek, o‘quv jarayonida Moskva davlat qurilish universitetining “Shaharsozlik” kafedra mudiri N.Danilina bakalavriat va magisrant talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va xalqaro tanlovlar laureati bo'lgan talabalarning qiziqarli loyihalari bilan tanishishtirdi.
Ayniqsa Buyuk Britaniya Kardiff Universitetidan taklif qilingan Dr.Clarice Bleil de Souza va texnika fanlari nomzodi I.Dunichkin bilan birgalikda o'tkazilgan mahorat darsida qatnashish foydali bo'ldi. Bo‘lib o‘tgan mahorat darslarida kompyuterda modellashtirish shaharsozlikning yangi usullariga bag'ishlangan mahorat darsida bilim va ko‘nikmalar oshirildi.2019 yil 29-30 oktabr kunlari o‘tkazilgan V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida universitetlar va texnik universitetlarning tashkiliy va texnologik yo'nalishi bo'yicha muhim va zarur ma'lumotlar olindi.Moskva shahridagi Rossiya davlat kutubxonasi va universitetning ilmiy kutubxonalarida dissertatsiya mavzusiga oid ishlar olib borildi.Qurilish konstruktsiyalarini aerodinamik va aeroakustik sinovlari bo'yicha o'quv, ilmiy va ishlab chiqarish laboratoriyasi, quvurlar, nasoslar va sanitariya uskunalari laboratoriyasi va axborot texnologiyalarini loyihalash sektori kabi laboratoriyalar bilan tanishish juda yaxshi taassurot qoldirdi.
O'quv amaliy dasturi yakunida Moskva davlat qurilish universitetining malaka oshirish sertifikati bilan N.Saliyeva taqdirlandi.