4-SONLI TTJDA 2019 YIL YAKUNI

 

2019 yil 13 dekabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining faollar zalida 4-sonli talabalar turar-joyi talabalarining O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar davomida faol qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, Qurilish fakulteti dekani A.Bayzakov, dekan muovini A.Kamalov, 4-son TTJ tarbiyachi pedagogi X.Imomov va institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.
Taqdirlash marosimida “Shaxmat”, “Stol tennisi”, “Eng yaxshi xona”, “Eng yaxshi qavat”, “Komyuter savodxonligi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib deb topilgan talabalar taqdirlandilar.