“KITOB – QALB GAVHARI, KO‘NGIL OFTOBI”

 

2019 yil 14 dekabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining Axborot resurs markazida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitob – qalb gavhari, ko‘ngil oftobi” nomli tadbir hamda siyosiy huquqiy sohaga tegishli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.Tadbirni Axborot resurs markazi yetakchi mutaxassisi Abdullayeva Komila tayyorladi va olib bordi. Ushbu tadbirda ARM ning barcha xodimlari "Ijtimoiy fanlar” kaferdasi katta o‘qituvchisi A.Ziyatova, H.Haydarova hamda institutning 1-4-sonli TTJ tarbiyachilari bilan kitobsevar talabalari ishtirok etdilar.ARM direktori D.Yarmatova tomonidan “Kitob insonga chin do‘st” mavzusida ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, ARMning xodimlari Sh.Abdualiyeva, F.Isroilov K.Abbdullayeva va H.Alimovalar ARMga keltirilgan yangi adabiyotlarni taqdimotini o‘tkazdilar."Ijtimoiy fanlar” kaferdasi katta o‘qituvchisi A.Ziyatova yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ko‘rgazmada talabalarimizning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida “Siz bugun tengdoshlarizga qanday asarlarni o‘qishni tavsiya etasiz?” savoli bilan murojat qilganida faol va kitobxon talabalar soni juda ko‘pligi ma’lum bo‘ldi. Talabalar o‘zlari o‘qigan asarlari to‘g‘risida bahs munozara va ma’lumotlarni do‘stlari bilan o‘rtoqlashishdi, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga shu tariqa javob olishdi.Tadbir so‘ngida talabalar huquqiy va siyosiy kitoblar ko‘rgazmasidagi adabiyotlar bilan tanishdilar.