O‘RGANISH ISHLARI BOSHLANDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 470-son buyrug‘iga muvofiq fakultet va kafedralarda keyingi uch yilda ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy sohalarda olib borilgan ishlarni o‘rganish, o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Ishchi guruhi tuzildi.“Institut fakultetlarining ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy sohasini o‘rganish bo‘yicha Ishchi guruhining REJA-GRAFIGI”ga muvofiq 2019 yil 20 dekabrdan Qurilishni boshqarish fakulteti dekanati va kafedralari faoliyatini savolnoma asosida o‘rganish boshlandi.Belgilangan grafik bo‘yicha hozirda barcha fakultet kafedralarida ishlar davom etmoqda.