22 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni.

 

#saylov2019
Saylov jarayonlarida nafaqat mahalliy kuzatuvchilar, balki xorijdan kelgan mehmonlar ham ishtirok etdilar.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida joylashgan 78-saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasi saylovi kuzatuvchisi Sulev Laane, Martin O‘mara, Italia vakili Salvatore Cacciola, Qozog‘iston vakillari Kaziyakparova Zeynegul, Saduov Maxnarbek, Nazarova Svetlanalar jarayonlarni kuzatib, saylov shaffof va ko‘tarinki ruhda o‘tayotgani haqida tashkilotchilarga o‘z fikrlari va minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.