XOTIN-QIZLARNING HUQUQIY MANFAATLARI DAVLAT HIMOYASIDA
2019 yil 17 dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan “Xotin-qizlarning huquqiy manfaatlari davlat himoyasida” mavzusidagi seminar-treningda bo‘lib o‘tdi.Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Umida Abdullayevalar gender tenglik va ichki ishlar organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari masalalari yuzasidan keng qamrovli ma’ruzalar qilishdi.
Treningda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Muqaddas Boboqulova faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi.