ARXITEKTURA VA QURILISH SOHASIDA KADRLARNI TAYYORLASH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR

 

2019 yil 24 dekabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlashda “Qurilish kontruksiyalari” fanlarini o‘qitish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.Seminarda “Metal konstruksiyalari”, “Temirbeton va tosh konstruksiyalari”, “Yog‘och konstruksiyalari” kabi fanlarni “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasida o‘qitish, o‘qitish bilan birga ularni loyihalashda zamonaviy kompyuter dasturlaridan foydalanishni o‘rgatish ishlari muhokama qilindi.