| 10-05-2019 | ko'rishlar soni: 1160
2019 yil 3 may kuni institut “Oila” klubining navbatdagi yig‘ilishida talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarni mustahkamlash maqsadida “Baxtli oila qurish asoslari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.Seminar-treningni xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Boboqulova ochib berib, oiladagi shaxslararo munosabatlarning psixologik tizimini slaydlar orqali keng yoritib berdi.
Batafsil o'qish
| 10-05-2019 | ko'rishlar soni: 1278
2019 yil 2-3 may kunlari Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Kasbiy ta’lim va jismoniy ma’daniyat” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan, talabalar o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.Musobaqada “Arxitektura”, “Muxandislik komunikatsiyalari qurilishi”, “Qurilishni boshqarish”, “Qurilish” fakultetlari talabalari ishtirok etishdi.Ushbu musobaqada 54 nafar talaba yoshlar 7 vazn toifasida bellashdilar.Musobaqa yakuni bo‘yicha o‘rinlar quydagicha taqsimlandi:
Batafsil o'qish
| 03-05-2019 | ko'rishlar soni: 1101
Joriy yilning 2 may kuni institutga 1974 yilgi bitiruvchilar institutni tamomlaganiga 45 yil bo‘lganligi munosabati bilan tashrif buyurishdilar.Kichik majlislar zalida insitut rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tib, talabalik yillari yod olindi. Isntitutda hozirgi kunda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishildi.Uchrashuv so‘ngida institutda bitiruvchilarga ta’lim bergan professor-o‘qituvchilarga minnatdorchilik izhor etilib institut muzeyiga esdalik sovg‘asi taqdim etildi.
Batafsil o'qish
| 02-05-2019 | ko'rishlar soni: 1132
Institutimizda “Qurilishni boshqarish” fakultetining sobiq “EOS”, “TGiV” va “VK” yo‘nalishlarini bitirganiga 35 yil bo‘lgan bitiruvchilar bilan “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda bitiruvchilar tomonidan talabalik yilllari voqealari, ta’lim bergan professor-o‘qituvchilar xotiralari yod olinib hozirgi kunda tahsil olayotgan talabalarga so‘zlab berildi.“Talabalik yillarini eslab” shiori ostida savol-javoblar o‘tkazilib eng bilimdon bitiruvchilar tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar.Uchrashuv so‘ngida talabalar tomonidan musiqiy dastur namoyish etildi.
Batafsil o'qish
| 29-04-2019 | ko'rishlar soni: 1031
Samarqand viloyati birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tizimida 28 aprel — “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Hafsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Rayosatning 2019 yil 1 aprel 13-34 “S” sonli qaroriga ko‘ra Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti faollar zalida tadbir o‘tkazildi.
Batafsil o'qish
| 19-04-2019 | ko'rishlar soni: 1226
Joriy yilning 11-12 aprel kunlari jismoniy tarbiya kafedrasi hamda Arxitektura fakulteti guruh murabbiylari E.Jo‘rayeva, D.Xoldorova, U.Zubaydullayev, A.Jamolov, Y.Nurmurodova, D.Islamova, S.Suvonqulov, Ch.Meyliyevalar tashabbusi bilan sportning voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qilindi.Talabalar har bir nominatsiya bo‘yicha jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilariA.Dehqonov, Q.Eshmurodov, Sh.Husainovlar tomonidan baholab borilib, hakamlar quyidagi naijalarni belgilab berdilar:
Batafsil o'qish
| 19-04-2019 | ko'rishlar soni: 1187
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli farmoni ijrosi to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2018 yil 8 fevraldagi 135-sonli buyrug‘i asosida Samarqand davlat aritektura-qurilish institutining “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar” dasturining bajarilishini ta’minlash va institut talaba-qizlarini oilaviy hayotga tayyorlash, jamiyat va oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid masalalarni ular ongiga singdirish maqsadida 12 aprel kuni xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tashkil qilingan Qurilish, Qurilishni boshqarish, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi, Arxitektura fakultetlari “Qizlarjon” klublari talaba-qizlarning o‘zaro bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil o'qish
| 17-04-2019 | ko'rishlar soni: 1353
Yaqinda Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetining 102-MKK guruhi talabalari guruh murabbiyi rahbarligida shahrimizning diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga sayohat uyushtirdilar. Ular Islom Karimov qabrini, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni , Shohi zinda ansambli, Doniyor payg‘ambar mujmualari kabi joylarga ziyoratga bordilar. Ular shuningdek, O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademigi T.Shirinqulov qabrini ziyorat qildilar.
Batafsil o'qish
| 17-04-2019 | ko'rishlar soni: 1370
Joriy yilning 12 aprel kuni SamDAQI 2-talabalar turar joyida, talaba qizlar va o‘qituvchi ayollarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Arxitektura fakulteti “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari B.A.Saidova, K.M.Tagasharova, D.Z.Kamalova va E.E.Jo‘rayevalar Y.B.Nurmurodova qatnashib, talaba qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishdilar, kurs loyihalari bajarilishi jarayoni bo‘yicha maslahatlar berishdi. Uchrashuv odob-axloq, kiyinish madaniyati, kitobxonlik mavzularini qamrab oluvchi davra suhbati bilan yakunlandi.
Batafsil o'qish
| 10-04-2019 | ko'rishlar soni: 1166
Arxitektura fakulteti “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi o‘qituvchilari I.Eshatov, F.Maksimov hamda “Talaba sport uyushmasi” hamkorligida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yoshi munosabati bilan 8 aprel kuni II bosqich QHALTE guruhlari o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa tasdiqlangan nizom hamda olimpia tizimi asosida o‘tkazildi. Ushbu xotira turnirida 4 ta 201-202-204 hamda 205-QHALTE guruhi jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa jamoalarning do‘stona uchrashuvlari bilan boshlandi. Musobaqaga “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi o‘qituvchisi I.Narziqulov hakamlik qildi. Musobaqada jamoalar chiroyli o‘yin ko‘rsatib quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdilar......
Batafsil o'qish