INSTITUT TALABALAR TURAR-JOYLARIDA QIZLAR VA O‘QITUVCHI-AYOLLAR UCHRASHUVI

Joriy yilning 12 aprel kuni SamDAQI 2-talabalar turar joyida, talaba qizlar va o‘qituvchi ayollarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Arxitektura fakulteti “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari B.A.Saidova, K.M.Tagasharova, D.Z.Kamalova va E.E.Jo‘rayevalar Y.B.Nurmurodova qatnashib, talaba qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishdilar, kurs loyihalari bajarilishi jarayoni bo‘yicha maslahatlar berishdi. Uchrashuv odob-axloq, kiyinish madaniyati, kitobxonlik mavzularini qamrab oluvchi davra suhbati bilan yakunlandi.