BAXTLI OILA QURISH ASOSLARI

2019 yil 3 may kuni institut “Oila” klubining navbatdagi yig‘ilishida talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarni mustahkamlash maqsadida “Baxtli oila qurish asoslari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.Seminar-treningni xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Boboqulova ochib berib, oiladagi shaxslararo munosabatlarning psixologik tizimini slaydlar orqali keng yoritib berdi.

Shundan so‘ng, institut psixologi S.Otayorov talaba-yoshlarga oilaning muqaddasligi va oila qurilishidan oldin bu jarayonga mas’uliyat va teranlik bilan yondoshish lozimligi, oiladagi tushunmovchilik va muammolarning normal holat ekanligi, bu holatga katta e’tibor bermaslik lozimligini psixologik hamda videoroliklar yordamida yetkazib berdi. Talabalar bilan psixokorreksion usuldagi qiziqarli trening o‘tkazdi.Seminar so‘ngida M.Boboqulova, Y.Suyunovalar tomonidan baxtli oila qurish uchun asos bo‘ladigan omillar haqida tavsiyalar berildi. Seminar qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.