NAFOSAT BELLASHUVI
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli farmoni ijrosi to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2018 yil 8 fevraldagi 135-sonli buyrug‘i asosida Samarqand davlat aritektura-qurilish institutining “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar” dasturining bajarilishini ta’minlash va institut talaba-qizlarini oilaviy hayotga tayyorlash, jamiyat va oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid masalalarni ular ongiga singdirish maqsadida 12 aprel kuni xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tashkil qilingan Qurilish, Qurilishni boshqarish, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi, Arxitektura fakultetlari “Qizlarjon” klublari talaba-qizlarning o‘zaro bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
.
Bellashuvda Qurilish fakultetining “Joziba”, Qurilishni boshqarish fakultetining “Navbahor”, Arxitektura fakultetining “Marvarid”, jamoalari to‘rtta shart yuzasidan o‘zlarining zukkolik, pazandalik, chaqqonlik nafosatliliklarini namoyish qildilar va natijada:
“Eng mahoratli va chevar” nominatsiyasi bo‘yicha Qurilish fakultetining “Joziba” jamoasi
“Eng bilimdon” nominatsiyasi bo‘yicha Qurilishni boshqarish fakultetining “Dugonajonlar” jamoasi,
“Eng nafosatli” nominatsiyasi bo‘yicha arxitektura fakultetining “Marvarid jamoasi”,
“Eng chaqqon” nominatsiyasi bo‘yicha Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish fakultetining “Navbahor” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.Tadbir qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.Tadbir so‘ngida bellashuv ishtirokchilariga “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari topshirildi.