INSTITUTGA 1974 YILGI BITIRUVCHILAR TASHRIF BUYURISHDI

Joriy yilning 2 may kuni institutga 1974 yilgi  bitiruvchilar institutni tamomlaganiga 45 yil bo‘lganligi munosabati bilan tashrif buyurishdilar.Kichik majlislar zalida insitut rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tib, talabalik yillari yod olindi. Isntitutda hozirgi kunda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishildi.Uchrashuv so‘ngida institutda bitiruvchilarga ta’lim bergan professor-o‘qituvchilarga minnatdorchilik izhor etilib institut muzeyiga esdalik sovg‘asi taqdim etildi.

.