9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yoshi munosabati bilan futbol sport musobaqasi o’tkazildi

Arxitektura fakulteti “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi o‘qituvchilari I.Eshatov, F.Maksimov hamda “Talaba sport uyushmasi” hamkorligida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yoshi munosabati bilan 8 aprel kuni II bosqich QHALTE guruhlari o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa tasdiqlangan nizom hamda olimpia tizimi asosida o‘tkazildi. Ushbu xotira turnirida 4 ta 201-202-204 hamda 205-QHALTE guruhi jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa jamoalarning do‘stona uchrashuvlari bilan boshlandi. Musobaqaga “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi o‘qituvchisi I.Narziqulov hakamlik qildi. Musobaqada jamoalar chiroyli o‘yin ko‘rsatib quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdilar.
I-o‘rin 205-QHALTE guruhi jamoasi;
II-o‘rin 201-QHALTE guruhi jamoasi;
III-o‘rin 204-QHALTE guruhi jamoasi.
Musobaqa yakunida ishtirok etgan g‘olib va sovrindor  jamolar fakultetning I-II-III - darajali diplomlari, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Musobaqa jarayonidan foto lavxalar.