ARXITEKTURA FAKULTETI TALABALARI O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 11-12 aprel kunlari jismoniy tarbiya kafedrasi hamda Arxitektura fakulteti guruh murabbiylari E.Jo‘rayeva, D.Xoldorova, U.Zubaydullayev, A.Jamolov, Y.Nurmurodova, D.Islamova, S.Suvonqulov, Ch.Meyliyevalar tashabbusi bilan sportning voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qilindi.Talabalar har bir nominatsiya bo‘yicha jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilariA.Dehqonov, Q.Eshmurodov, Sh.Husainovlar tomonidan baholab borilib, hakamlar quyidagi naijalarni belgilab berdilar:

Sportning voleybol turi bo‘yicha: 1-o‘rinni 203 QHALTE guruhi, 2-o‘rinni 202 QHALTE guruhi, 3-o‘rinni 201 arxitekrura guruhlari qo‘lga kiritdilar.

Sportning shaxmat turi bo‘yicha: 1-o‘rinni 203 QHALTE talabasi Qahharov Sh, 2-o‘rin talabasi Yusupova.Q,3-o‘rinni 206 QHALTE talabasi Ne’matov.H qo‘lga kiritdilar.

 

Sportning stol tennisi bo‘yicha: 1-o‘rin 202 QHALTE talabasi Hamidullayeva.J, 2-o‘rin 203 QHALTE talabasi Saidova.N, 3-o‘rin 203 Arxitektura talabasi Ne’matullayev.J qo‘lga kiritdilar.

Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan g‘oliblar diplomlar bilan taqdilandilar, sport musobaqalari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.