28 APREL — “BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI
Samarqand viloyati birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tizimida 28 aprel — “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Hafsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Rayosatning 2019 yil 1 aprel 13-34 “S” sonli qaroriga ko‘ra Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti faollar zalida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyati birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi S.Izzatullayev, Viloyat Favqulodda vaziyatlar Boshqarmasi xodimi A.Turdiqulov, Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati, bo‘lim bosh mutaxassisi A.Ukliyev, institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b O‘.Xudayarov, Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor A.Rajabov, o‘qituvchilar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi A.Axunjanov, hamda talabalar va ishchi xodimlar qatnashdilar.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b O‘.Xudayarov kirish so’zi bilan ochib o‘tkazilayotgan tadbir mohiyati to‘g‘risida ma’ruza qildi.Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi A.Turdiqulov o‘z ma’ruzasida “Hafsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” haqida ma’lumot berdi.“QT va UTE” kafedrasining katta o‘qituvchilari Q.Ataboyev “Hafsizlik davr talabi” mavzusida, A.Rayimqulov esa yangi tahriridagi “Mehnat qonuni” va xodimlarning mehnat muhofazasi haqidagi ayrim masalalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati, bo‘lim bosh mutaxassisi A.Ukliyev o‘z ma’ruzasida yoshlarga biznes bilan shug‘ullanish uchun berilgan imtiyozlar to‘g‘risida to’xtalib o’tdi.Samarqand viloyati birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi S.Izzatullayev o‘z nutqida qabul qilingan “Jamoa shartnoma” to‘g‘risida u yerda xodimlarga berilgan imkoniyatlar to‘g‘risida gapirdi.Tadbir so‘ngida ma’ruzachilar ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.