Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish

   Kafedra mudiri: Kondratyev Vladimir Anatolevich

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon: +99891-557-80-74

   E-mail: kondratov@umail.uz   

 

 

                 

 

 

KAFEDRA TARIXI 
   1968 yilning sentyabr oyida institutda “Qurilish ishlab chiqarishi” nomi bilan yangi kafedra tashkil topdi. Bu xayrli ishga ko’p yillar ishlab chiqarishda bosh muxandislik qilgan olim M.Yu.Mikolyuk boshchilik qildi. Kafedra o’z faoliyatini ishlab chiqarishdan taklif qilingan.V.Yu.Shestakov, S.D.Shestakova, N.V.Protas, V.V.Stefanyuk, A.K.Primakov, T.N.Koposova kabi pedagog kadrlar bilan boshladi. 1969 yilning oxirlariga kelib, “Qurilish ishglab chiqarishi” kafedrasi tarkibidan “Qurilishni tashkil qilish va rejalashtirish”, 1974 yilda “Qurilish mashinalari va uskunalari” kafedralari mustaqil ravishda ajralib chiqishdi.
1974 yildan boshlab “Qurilish ishlab chiqarish” kafedrasi “Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi nomi bilan ish yurita boshladi. 1986 yilda “Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi, “Qurilish ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” kafedrasi bilan birlashtirilib, “Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi, qurilish mashinalari va avtomatlashtirish” nomi bilan atalib, 1989 yilning may oyigacha faoliyat ko’rsatdi.
1989 yilning may oyidan boshlab, kafedra ikkiga bo’lindi va ulardan biriga “Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi” nomi berildi. Kafedra 2000 o’quv yilidan boshlab “Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi va mexnat muxofazasi” nomi bilan ish yurita boshladi.
Kafedrada ilmiy ishlarni rivojlanib borishi bilan, kafedra tarixida birinchi bo’lib M.Yu.Mikolyuk undan keyin esa A.M.Mutalipov, G.I.Ganiyeva, S.N.Nizamov, S.I.Isroilov, A.A.Azimov, A.M.Ilmuradov, X.I.Yusupov, L.B.Gilyoov, A.S.Samatov,  A.M.Meliyev va T.M.Axmedovlar nomzodlik dissertasiyalarini yoqladilar.
2005 yil 1 sentyabrdan “Gruntlar mexanikasi, asos va poydevorlar”, “Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi va mexnat muxofazasi” kafedralari birlashtirilib “Qurilish texnologiyasi va geotexnika” kafedrasi tashkil etildi.
Yangi tashkil qilingan kafedraning o’z tarixiga ega bo’lgan ikkinchi ajralmas qismi “Yer usti transport tizimlari va mashinasozlik” kafedrasi qurilish industriyasi va yo’lsozlik sohasida ishlash uchun malakali muxandis kadrlar tayyorlash maqsadida 1973 yilda tashkil etildi. O’sha  yillarda soha mutaxassislari aksariyat sobiq ittifoqning markaziy shaharlardagi  oliy  ta’lim muassasalarida tayyorlagani bois, maxalliy kadrlarga ehtiyoj katta edi. O’zbekistondagi qurilish sanoati va yo’lsozlik korxonalarida malakali muxandis kafedrlarga bo’lgan talabni qondirish maqsadida “Qurilish ishlab chiqarishi” kafedrasini “Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi” va “Qurilish mashinalari, uskunalari va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedralariga ajratib, hozirgi Yer usti transport tizimlari va mashinasozlik” kafedrasiga asos solindi.  
Ayniqsa mustaqillik yillarda kafedrada ta’lim jarayoniga munosabat tubdan o’zgardi. Yangi iqtisodiy muxit, oliy ta’lim tizimida boshlangan isloxatlar muxandis kadrlar tayyorlash masalasiga yangicha talablarni qo’ydi. Mazkur vazifalar kafedrani 1992 yildan xozirgi kungacha boshqarib kelayotgan t.f.n.dos. A.I.Ibragimov raxbarligida izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Shu yillar davomida oliy ta’lim o’quv tizimidagi Davlat standartlari doirasida yangi o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari yaratildi, kafedraning ilmiy saloxiyati yangi pog’onaga ko’tarildi. Samarqand shaxridagi soxa korxonalari bilan o’zaro xamkorlik  aloqalari yaxshilandi.
2012 yil 3 sentyabrdan “Qurilish texnologiyalari va geotexnika” kafedrasining “Qurilish texnologiyalari” qismi va “Yer usti transport tizimlari va mashinasozlik” kafedrasi bilan birlashtirib “Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi va mashinalari” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritmoqda.
2012 yildan  2013 yilgacha kafedrani B.I.Saidmuratov, 2013 yildan xozirga  qadar V.A.Kondratyev boshqarmoqda.
2015 yil mart oyidan boshlab kafedra “Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish” nomi bilan faoliyat ko’rsata boshladi.
Xozirgi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 8 nafar fan nomzodilari, dosentlar va 7 nafar katta o’qituvchilar faoliyat ko’rsatishmoqda.